Veynaldum: “Manchester Siti”ni yutishimiz mumkin edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum “Manchester Siti”ga qarshi (1:2) kechgan APL 21-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

“Hech bo‘lmaganda 1 ochko qo‘lga kiritish uchun etarlicha harakat qildik. Hatto g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq vaziyatlarda omadimiz kelmadi. Ishonchni saqlagan holda keyingi bahslarda zafar quchishimiz lozim. Barchasi boshqacha tus olishi mumkin edi: durang yoki mag‘lubiyat. O‘yin yakunida omad bizga etishmadi”, – deydi gollandiyalik futbolchi.

Mersisaydliklar joriy mavsumda APLdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Bungacha “Liverpul” 20 o‘yinda 17 g‘alaba va 3 durang qayd etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!