Vidal: “Barselona”dagi chaqiruvni qabul qilishga imkon bergani uchun “Bavariya”ga tashakkur

  • 4 avgust, 2018, 11:28
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal “Barselona”ga transfer qilinishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bavariya” va uning barcha muxlislariga rahmat. Bugungi kungacha Myunxendagi vaqtimni maroqli o‘tkazdim. “Barselona”dagi chaqiruvni qabul qilishga imkon bergani uchun “Bavariya”ga tashakkur”, – dedi chililik futbolchi.

“Bavariya”da o‘tkazilgan 3 yil uchun Arturodan minnatdorman. Birgalikda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdik, Vidal esa unda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi”, – deya fikr bildirdi “Bavariya” boshqaruvi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.

Chili terma jamoasi futbolchisi yaqin kunlarda “Barselona” tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va tomonlar 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!