Viktor Mozes qishda "Chelsi"dan ketmoqchi

  • 23 oktabr, 2018, 20:32
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Viktor Mozes jamoadagi holatidan norozi.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli nigeriyalik futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab yanvarda “aristokratlar” safini tark etishga tayyor.

Qayd etish lozimki Mozes avvalgi bosh murabbiy Antonio Konte davrida jamoaning asosiy futbolchilaridan biri edi. Biroq, Sarri kelgach u asosan zaxira o‘rindig‘ida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Mozes joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!