Viktoriya Azarenko: Men o‘zimni tushuna olmayapman
Belaruslik Viktoriya Azarenko Indian-Uells shahrida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng, o‘zining ruhiy xolati haqida gapirib o‘tdi.
"Mag‘lubiyatga uchraganimdan so‘ng hech qanday siqilish va tushkunlikka tushganim yo‘q. Bu holatdan o‘zim ham hayronman. O‘zim o‘tishim kerak bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni hisobga olsak, bu bosqichda men juda xotirjam va optimistik bo‘lishini o‘ylamagan edim."
Men avvalgidek o‘z kuchimga va qobiliyatimga bo‘lgan ishonchni tiklashim uchun ko‘p mehnat qilishim kerak. Buning birdan-bir yo‘li yiqilgandan so‘ng va yana ko‘tarilib, olg‘a borishdir", - deydi Viktoriya.
Fikrlar