Villian Sarriga kerak

  • 23.07.2018 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri braziliyalik yarim himoyachi Villianni jamoasida olib qolmoqchi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar bermoqda.

O‘z navbatida italiyalik mutaxassisning bu boradagi xohishini qanoatlantirish uchun jamoa rahbariyati ham 29 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, Villian o‘tgan mavsum “aristokratlar”ning sobiq ustozi Antonio Konte bilan yuzaga kelgan mojaro sabab jamoadan ketishni rejalashtirayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Villian uchun ayni damda "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy kurash olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!