"Vilyarreal" "Real" Madrid tarbiyalanuvchisini sotib oldi
"Vilyarreal" klubi o‘zining rasmiy saytida "Ueska" yarim himoyachisi Gonsalo Meleroni sotib olganini e’lon qildi.
Kelishuvga ko‘ra 24 yoshli futbolchi “sariq suv osti kemasi” safiga 2019 yilning 1 iyul kuni borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Melero asli “Real” Madrid tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Ueska" safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida esa 83ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urishga erishgan.

Fikrlar