Vitaliy Denisov “Krilya Sovetov”dan ketgan va yangi kelgan bosh murabbiylar haqida gapirib o‘tdi

  • 6 oktabr, 2018, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni Samaraning “Krilya Sovetov” klubida ijara asosida o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov jamoada yuz bergan bosh murabbiylar almashuvi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Andrey Tixonovning iste’fosi oldindan kutilganmidi?

- Aytish qiyin. Bir tomondan jamoa uning boshqaruvida xavfli zonaga tushib qoldi. Ikkinchi tomondan futbolchilarga Andrey Valerevich bilan ishlash ancha qulay edi.

Iste’fo futbolda doimiy uchrab turadigan narsa. Qarorni rahbariyat qabul qiladi, futbolchilar esa unga rozi bo‘lishlari kerak. Bizning Tixonov bilan munosabatlarimiz hozir ham yaxshi.

Jamoaga Miodrag Bojovichni yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bojovich bilan “Lokomotiv”da birga ishlaganmiz va u bilan munosabatlarimiz juda yaxshi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!