
Vitaliy Denisov va uning jamoadoshlariga premer-liganing oltin medallari qachon topshirilishi ma’lum bo‘ldi
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya premer-ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zolariga musobaqaning oltin medallari 23 iyul kuni topshiriladi.
Klub rasmiy tvitterining xabar berishicha tantanali marosim jamoaning uy stadioni hisoblangan “RJD Arena”da bo‘lib o‘tadi. Aynan shu kuni “Lokomotiv” o‘zining yangi mavsumda foydalanadigan libosini ham namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov ham to‘p suradi. U yaqinda jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Fikrlar