Xames APLga yo‘l olishi mumkin
"Liverpul" mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga qaraganda agar myunxenliklar 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferini sotib olishni istashmasa, mersisaydliklar uni sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urib, yana 2ta golga assistentlik qildi.



Fikrlar