Xavi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

  • 23.10.2018 19:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarning "Al-Sadd" klubi yarim himoyachisi Xavi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.

“Deyarli 100% shu mavsum tugagach faoliyatimni yakunlayman. Men 39ga kirdim va futbol o‘ynashdan charchadim. Kasbni o‘zgartirish vaqti keldi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Xavi murabbiylik kurslarini tamomlagan. Unda UEFA Pro litsenziyasi bor.  Afsonaviy futbolchi kelajakda faoliyatining 17 yili o‘tgan “Barselona”ni boshqarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!