Xitoy. Ahmedov va Ismoilovning jamoasi g‘alabaga erishdi, Krimetsning jamoasi Kapello boshqaruvidagi klubga mag‘lub bo‘ldi (video)

  • 29 oktabr, 2017, 19:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun Xitoy Superligasida 29 tur o‘yinlari yakunlandi. Odil Ahmedov to‘p suradigan «Shanxay SIPG» jamoasi «Xenan Tszyane» klubi mehmoni bo‘lib 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ahmedov 90 daqiqa o‘ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

Anzur Ismoilov to‘p tepadigan «Changchun Yatay» jamoasi o‘z maydonida «Chuntsin Lifan» klubidan 3:1 hisobida ustun keldi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi.

Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan jamoasi Fabio Kapello boshqaruvidagi «Tszyansu Saynti» klubiga safarda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Xitoy Superligasi. 29 tur

«Changchun Yatay» – «Chuntsin Lifan» 3:1

Gollar: Fan Xiaodong(6), Tan Long(45+1, 75) – Alan Kardek(12)


«Tszyansu Saynti» – «Beyjing Guoan» 1:0

Gol: Mukandjo(84)


«Xenan Tszyane» – «Shanxay SIPG» 2:4

Gollar: Dochkal(31 penaltidan), Fen Juongyi(84) – Xalk(52, 90+2 penalti), Vu Lei(60), Oskar(81)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!