Xitoy klubi "Benfika" futbolchisini 25 mln evroga sotib oldi

  • 27 oktabr, 2018, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi "Benfika" hujumkor yarim himoyachisi Taliskining transfer huquqini to‘liq sotib oldi.

Tecno

Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun lissabonliklarga 19,2 mln evro to‘lashgan. Ta’kidlash kerakki, "Guanchjou Evergrand" bundan avval ushbu futbolchi uchun 5,8 mln evro to‘lagan edi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Taliskining transferi ularga umumiy hisobda 25 million evroga tushdi.

Ma’lumot uchun, Taliski "Guanchjou Evergrand" safida joriy yilning iyulidan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!