
Xitoylik milliarder "Inter" prezidentiga aylandi
Xitoylik milliarder Stiven Chjan “Inter”ning yangi prezidenti etib tayinlandi, deya xabar beradi ESPN nashri. U indoneziyalik tadbirkor Erik Tohirning o‘rnini egalladi. Rahbariyat o‘zgarganligi bugun rasman e’lon qilinadi.
27 yoshli Chjan “Suning Holdings Group” xo‘jayinining o‘g‘li hisoblanadi. Bu kompaniya klub aktsiyasi nazorat paketiga egalik qiladi.
Stiven Chjan ikki yildan beri klubning ushbu harakatini nazorat qilib keladi. Tohirning ham “Inter” ma’lum ulushi qoladi, ammo u so‘nggi vaqtlarda klub ishlariga kam aralashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Inter” vitse-prezidenti Xaver Zanetti va bosh menejer Alessandro Antonello o‘z lavozimlarini saqlab qolgan.
Fikrlar