Xyuzning iste’fosi "Sautgempton"ga qanchaga tushdi?
Xabaringiz bor kuni kecha Angliyaning "Sautgempton" klubi Mark Xyuzni iste’foga chiqargan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda klub 55 yoshli uelslik futbolchi bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun unga 6 mln funt miqdorida tovon puli to‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Xyuz joriy yilning may oyida “Sautgempton” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Yangi mutaxassis kelgunicha endi jamoani Xyuzning assistenti Kelvin Devis boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, “Sautgempton” ayni damda APLda 9 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar