
Yaya Ture faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture EChL 4-turi doirasida “Napoli”ga qarshi kechadigan safar bahsidan oldin, Italiyada o‘ynash istagi borligini aytib o‘tdi.
“Oldin menga Italiyadan bir nechta taklif bo‘lgan edi. O‘shanda men boshqacha yo‘l tutib, “Barselona”ga, so‘ng “Manchester Yunayted”ga o‘tishni ma`qul ko‘rgan edim. Biroq men hech qachon degan so‘zni ishlatmayman”, – deb ivuarlik futbolchining so‘zlarini keltirib o‘tdi “Gazzetta dello Sport” nashri.
Fikrlar