"Yuventus" Aleks Sandroning kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • 4 avgust, 2018, 15:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Aleks Sandroning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan joriy yoz xayrlashmoqchi emas. Biroq, uning transferi borasida 50 mln evrolik taklif kelib tushadigan bo‘lsa, u holda ushbu taklifni o‘rganib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Aleks Sandroni PSJga ko‘chib o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!