“Yuventus” Iguainni qanchaga sotmoqchi?

  • 12 iyul, 2018, 22:41
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainning transferidan qancha daromad ishlab olishni maqsad qilgani ma’lum bo‘ldi.

CalcioMercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 30 yoshli futbolchini 55 mln evro evaziga boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga tayyor. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Iguainga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani va futbolchining o‘zi esa ushbu jamoadan yiliga 7 mln evro maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Iguain o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!