
"Yuventus" himoyachisi "Chelsi"ga o‘tishga yaqin turibdi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniele Rugani “Chelsi”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Football Italia nashrining xabar berishicha klublar 23 yoshli futbolchining transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “aristokratlar” Rugani uchun “keksa sinora”ga 40 mln evro to‘lashadi.
Yuqoridagi manbaada yozilishicha Italiya terma jamoasi a’zosini “Chelsi”da tez orada ushbu jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi kutilayotgan Mauritsio Sarri ko‘rishni istagan. Boisi, Sarri va Rugani o‘zaro “Empoli”da birga faoliyat olib borishgan.
Fikrlar