"Yuventus" o‘ziga APLdan darvozabon topdi

  • 10 dekabr, 2018, 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravkaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” 29 yoshli slovakiyalik posbonni o‘zining asosiy darvozaboni hisoblangan Voytsex Shesniga munosib o‘rindosh sifatida qaramoqda. Biroq, “qarg‘alar” rahbariyati ushbu iqtidorli darvozabonni qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Dubravka joriy mavsum "Nyukasl" safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 22ta gol o‘tkazib yubordi. Uning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Taxminiy transfer bahosi esa 4 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!