Zidan "Real"ni ertaroq tark etishi ham mumkin edi, biroq...
Frantsiyalik mashhur mutaxassis Zinedin Zidan "Real"dan o‘tgan mavsumning o‘rtasida, ya’ni qishda ketishni xohlagan.
A Bola nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres 46 yoshli mutaxassisni mavsum so‘nggiga qadar jamoada qolishga arang ko‘ndirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” aynan Zidan qo‘l ostida ketma-ket 3 mavsum UEFA Chempionlar ligasida zafar quchgan edi. O‘tgan mavsum so‘nggida esa u o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqandi.

Fikrlar