A Seriya. 9 kishi bo‘lib qolgan "Napoli" "Roma"ga mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Napoli" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 66-daqiqadasida Politano qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 76-daqiqada esa Pellegrini hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 86-daqiqada Osimxen ham o‘yindan chetlashtirildi va mehmonlar 9 kishi bo‘lib qoldi. 90+6 daqiqada bo‘lsa Lukaku o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin rimliklar turnir jadvalida6, "Napoli" esa 7-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar