
A Seriya. Bugun "Kalyari" mavsumni Turin klubiga qarshi bahs bilan boshlaydi!
Bugun A Seriya 1-turi doirasida "Kalyari" jamoasi Turinning "Torino" klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Uchrashuv Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, "Telegram"dagi "Catenaccio" kanali orqali o‘yin translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.
"Kalyari" safida legionerimiz Eldor Shomurodov maydonga tushishi kutilmoqda. Birozdan so‘ng saytimiz orqali sardiniyaliklar taxminiy tarkibini ham e’lon qilamiz!
Fikrlar