
A Seriya. EChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan "Inter" "Napoli"ga mag‘lub bo‘ldi
A Seriya 36-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Inter" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 67-daqiqada Zambo-Angissa hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Lukaku muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib, Di Lorentso yana neapolliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Gaytano farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Bundan tashqari, mehmonlar futbolchisi Galyardini 41-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, "neradzurrilar" hisobidagi 66 ochko o‘zgarmay qoldi. Ular ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar