A Seriya. "Inter" Lautaroning dubli evaziga 2-o‘ringa chiqib oldi
A Seriya 20-turidan o‘rin olgan "Kremoneze" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Milanliklar safida gollar Lautaro Martines (dubl) hisobiga yozib qo‘yildi. Bu ikki gol "neradzurrilar"ga muhim ochkolarni taqdim etdi. Mexmonlarning yagona va super golini Okereke kiritdi.
Shu tariqa, "Inter" ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt jadvalda 2-o‘rindan joy olgan. "Kremoneze" hisobida hozircha 8 ochko mavjud. Klub so‘nggi 20-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar