
A Seriya. "Inter" "Milan"ni izma-iz ta’qib qilmoqda
A Seriya 35-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 12-daqiqada Perishich hisobni ochdi. 38-daqiqada Lautaro farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 72-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pusseto hisob 2:1 ko‘rinishiga kelishini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "neradzurrilar" hisobidagi ochkolar soni 75 taga etdi. Ayni vaqtda ularni peshqadam "Milan"dan 2 ochko ajratib turibdi. 43 ochkosi bor "Udineze" 12-o‘rinni band qilgan.
Fikrlar