
A Seriya. "Inter" oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib, yana ochko yo‘qotdi
Italiya A Seriyasining 29-turidan o‘rin olgan "Salernitana" - "Inter" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab, 6-daqiqada Gosens milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda esa Kandreva muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, "Inter" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 51 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi. "Salernitana" 29 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etgan.
Fikrlar