
A Seriya klublari MYu hujumchisi uchun kurashadi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylun faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, A Seriya klublari 22 yoshli daniyalik futbolchining harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Jurnalistning ta’kidlashicha, agar "Manchester Yunayted" yozda yangi hujumchi sotib olish uchun Xyoylunni sotishga qaror qilsa, italiya klublari aniq muzokaralarni boshlashga tayyor bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda hujumchi 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Xyoylunning qiymatini 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar