A Seriya. "Milan" 1 kishi kam bo‘lib markaziy to‘qnashuvda "Napoli"ni engdi

  • 29 sentabr, 01:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 6-turidagi yana bir markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Massimiliano Allegri boshqaruvidagi "Milan" klubi o‘z uyida Antonio Kontening "Napoli"sini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Dastlab, bellashuvning 3-daqiqasidayoq Salemakers hisobni ochdi. 31-daqiqaga kelib esa Kristian Pulishich oradagi farqni 2 taga etkazdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida "Manchester Siti"ning sobiq sardori Kevin de Bryuyne 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, neappoliklar ikkinchi golni urishga ulgurmadi va mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, o‘yinning 57-daqiqasida Pervis Estupinyan qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi. 

Tecno

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum

Milan

  • Alexis Saelemaekers 3'
  • Christian Pulisic 31'
Tugadi
2 : 1

28.09.2025 23:45

Napoli

  • Kevin De Bruyne 60'

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!