
A Seriya. "Roma" hamda "Inter"ni taslim etgan "Bolonya"ning bu safargi o‘ljasi "Atalanta" bo‘ldi
A Seriya 17-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Atalanta" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Luis Fergyusson tomonidan 86-daqiqada kiritilgan gol bolonyaliklarga 3 ochko keltirdi.
Ochkolari sonini 31 taga etkazib olgan Tiagu Motta shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi. 26 ochkosi bor "Atalanta" esa 7-pog‘onani band etib turibdi.
"Torino" - "Udineze" bahsida esa g‘olib aniqlanmadi.
Fikrlar