
A Seriya. "Roma" "Jenoa"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 6-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Roma" bahsi mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Gyudmyundsson, Retegi, Torsbryu va Messiaslar o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, rimliklar safidan Kristante javob qaytardi.
Shu tariqa, "Roma" turnir jadvalida 16-o‘ringa tushib ketdi. "Jenoa" esa 11-pog‘onaga ko‘tatirldi.
Fikrlar