
A Seriya. "Roma"ni o‘z hamshahari quvib o‘tdi
A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Latsio" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bahs Rim klubining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Burgutlar" safida Milinkovich-Savich va Immobile raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Biragi avtogol muallifiga aylandi.
Ushbu natijadan so‘ng "Latsio" ochkolari sonini 39 taga etkazgan holda, "Roma"ni quvib o‘tib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Fiorentina" ayni damda 36 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar