
A Seriya. "Yuventus" nursiz durangga imzo chekdi. "Roma" esa ishonchli hisobda zafar quchdi
A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Yuventus" va "Roma" - "Frozinone" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Atalanta" - "Yuventus" bahsida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Shu tariqa, turnirliklar turnir jadvalida 4-o‘rin, Gasperinni shogirdlari esa 5-pog‘onada qoldi.
"Roma" - "Frozinone" uchrashuvi mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Hisobni 21-daqiqada Lukaku ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Pellegrini oradagi farqni ikkitiga oshirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadn keyin rimliklar turnir jadvalida 12-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar