
A Seriyada qolish uchun bo‘ladigan "Spetsiya" - "Verona" bahsi qaerda o‘tkaziladi?
Italiya A Seriyasidan yakunlariga ko‘ra, "Spetsiya" va "Verona"ning ochkolari teng kelib qoldi. Liganing yangi reglamentiga ko‘ra, jamoalar teng miqdordagi ochko jamg‘argani uchun "Oltin o‘yin" o‘tkaziladi.
Mazkur bahs qaerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Uchrashuv 11 iyun kuni Udine shahrida, aniqrog‘i "Udineze"ning uy stadioni hisoblangan "Dachiya" arenada o‘tkaziladi va hakamning start hushtagi 23:45da chalinadi. G‘olib "A" Seriyada qoladi, mag‘lub jamoa esa B Seriyaga tushib ketadi.
Katta ehtimol bilan Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining "CAFA NATIONS CUP" turniridagi birinchi bahsini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar