
Abdel-Aziz: "Ular, albatta, jang qilishlari kerak"
Misrlik MMA jangchilarining mashhur menejeri va Dominance MMA Management rahbari Ali Abdel-Aziz engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev(25-1) va amerikalik Jastin Getji(25-4) o‘rtasida jang tashkil etish zarur deb hisoblamoqda.
“Maxachev va Getji jangi bo‘lishi kerak. Jastin, bu jangdan keyin hech qachon avvalgidek bo‘lmaysan, buni unutma”, — deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlarda. Avvalroq, Maxachevning o‘zi Getji bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jangdan manfaatdor ekanini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni Abu-Dabida (BAA) "UFC 294" turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan uchrashgan va revansh jangida Islom birinchi raundda g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar