
Abramovich: Shu ikki yulduzni “Barsa”ga bermaysan!
Teamtalk nashrining xabar berishicha, “Chelsi” xo‘jayini Roman Aramovich jamoa asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan ikki futbolchi – Hakim Ziesh va Timo Vernerning “Barselona”ga transferini ta’qiqlab qo‘ydi.
Rossiyalik milliarder kataloniyaliklar “Chelsi”ga Chempionlar ligasida to‘qnash kelishi mumkinligini inobatga olib, masalaga oydinlik kiritilmagunicha bu o‘yinchilarni Ispaniyaga grandi safiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Barselona” ikkinchi o‘rinda bormoqda. Agar Xavi shogirdlari so‘nggi turda “Bavariya”ga yutqazsa, uchinchi pog‘onada borayotgan “Benfika” o‘z uyida “Dinamo Kiev”ni yutsa, kataloniyaliklar Evropa Ligasiga tushib ketadi. Shundan so‘ng, “Chelsi” bilan transferlar bo‘yicha ishga kirishish mumkin bo‘ladi.
Fikrlar