Abraxam, xotirjam ketaver, o‘rningga Shomurodov bor!

  • 25 aprel, 2022, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati Angliyaning grand klublaridan taklif olayotgan Temmi Abraxamni ushlab qolishga qiynaladigan ko‘rinadi.

Tecno

Avvalroq, kuchli beshlik chempionatlaridagi angliyalik futbolchilar orasida eng ko‘p gol urayotgan bu forvardga “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Arsenal” va uni tarbiyalagan “Chelsi”ning o‘zi qiziqayotgani haqida xabarlar taqatilgan edi.

“Kanonirlar” mavsum yakunalanayotganini inobatga olib, konkret taklifga o‘tdi. Mikel Arteta ko‘p gol ura oladigan o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. “Arsenal”ni Obameyang tark etdi, Aleksandr Lyakazett ham o‘ziga boshqa jamoa qidiryapti. Darhaqiqat, frantsiyalik hujumchiga da’vogarlar orasida Rim klubi ham bor.

Daily Star nashrining xabar berishicha, “Arsenal” Temmi Abraxamni olish uchun rimliklarga 59 million evrodan ko‘proq badal to‘lashga tayyorligini bildirmoqda. Bu taklif “Roma” vakillarini qiziqtirishi mumkin. Chunki ular 40 million evroga olingan futbolchidan bir mavsumda 20 million evro atrofida foyda ko‘ryapti. Qolaversa, bu savdoning boshi. Hali tomonlar oldi-berdiga qarab, summani o‘zgartirishi mumkin.

Temmi Abraxam bu mavsumda 46 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shunga qaramay, mutaxassislar va muxlislar angliyalik hujumchini ko‘plab qulay vaziyatlarni barbod qilayotganlikda ayblab keladi.

hochesh-naslazhdatsya-solncem-temmi-abraham-rasskazal-o-zvonke-zhoze-mourinyu_1633605900880565919

“Roma”da Abraxamning asosiy o‘rinbosari Eldor Shomurodov hisoblanadi. Kuni kecha “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda ham legionerimiz angliyalik hamkasbining o‘rniga maydonga tushib, milanliklar himoya chizig‘ini yorib o‘tdi va Genrix Mxitaryanga golli pas uzatdi.

Ko‘pchilik Joze Mourino Eldor Shomurodovga etarli imkon bermayapti, degan fikr bildirayotganini ham ta’kidlash lozim. Shunday ekan, Abraxam ketgan taqdirda Shomurodovga yo‘l ochiladi.

Mourinoga “Real” futbolchisi kerak

Italiyaning etakchi nashrlari “Roma” murabbiyi Joze Mourino “Real” futbolchisi Dani Sebalosga jiddiy qiziqayotgani haqida xabar tarqatmoqda.

 25 yoshli futbolchi “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2017 yildan beri “Real”ning asosiy tarkibidan muqim joy olish uchun kurashib keladi. Sebalos o‘tgan mavsumni ijara asosida “Arsenal”da o‘tkazdi.

Joriy mavsum boshida yana Madridga qaytgan yarim himoyachi italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelottining ishonchiga kira olgani yo‘q. Dani bor yo‘g‘i 12 marta maydonga tushib, Ispaniya kubogida atigi bitta assist qayd etdi xolos.

Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Qirollik klubi” asosiy tarkibdan chetda qolayotgan o‘yinchiga yangi bitim taklif qilmaydi va yozda uni sotib yuboradi.

Rim klubi bu vaziyatdan foydalanib, maydon markazini kuchaytirish maqsadida Dani Sebalosni A Seriyaga ko‘chirib kelmoqchi. Bu futbolchi markaziy yarim himoyachi vazifasidan tashqari, chap qanotda ham samarali o‘ynay oladi.

Bir vaqtlar transfer summasi 50 million evro atrofida baholangan Sebalosni yozda 15 million evrogacha bo‘lgan narxda transfer qilish mumkin.

163011_m

“Roma”ning kelajagi Mourino qo‘lida!

Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino yaxshi ishlayotgani va klub rahbariyati uning natijalaridan qoniqayotganini bildirdi.

- Mourino butun mavsum davomida juda yaxshi ishlayapti. Biz Evrokuboklardagi ishtirokini daom ettirayotgan Italiyaning yagona jamoasimiz. Strategiyamiz ilk kunlardanoq aniq edi va kelajakda ham o‘zgarishsiz qoladi.

Biz loyihamiz muvaffaqiyatli davom etishi uchun Joze Mourino nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham bu ishga katta hissa qo‘shishini bilar edik, - dedi Tyagu Pinto.

Joze Mourino o‘tgan yilning yozida “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin dastlabki mavsumni jangovar tarkib tuzishga sarfladi. Portugaliyalik mutaxasiss mavsum davomida tarkibning zaif nuqtalarini aniqlab oldi va yozda ularni kuchaytiradigan transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

jose-mourinho_2

Shomurodov Mxitaryanni “Roma”da olib qoladigan bo‘ldi!

Premer-ligada gol urgan legionerimizga mag‘lubiyat juda alam qildi!

Mourino Shomurodovdan voz kechdi(mi)?!

Mourino bitta qo‘ng‘iroq bilan katta transferni hal qildi!

Shomurodovsiz ham eplashdi! Mourino yana nimalar dedi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gairat Alimov
26/04/2022 04:18
Админлар Жасур Яхшибоев хакида хам бирон бир хабар беринглар, бола вобще йук буб кетдику
Sattorov Xayriddin
25/04/2022 05:09
U kut ketmaydi xoli beri nabarot womani ketsindeyapti uuu
Ilhomjon Feyz
25/04/2022 22:24
Тан олиш хам мардни иши sports. Uz. Шомани ёмонини яшириб, яхшисини ошириб тинмай пахта қўйдилариг админлар. Бўлди энди; жимгина тан олинг, шома ўртамионадан паст футболчи. Кучли 5 лакка тортмайди. Киприк қўйиб, лабини бўйаб ўтқазган футболчиларигни асл холати шу.