Abraxam ingliz grandi safiga o‘tishi mumkin

  • 18 oktabr, 2022, 18:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamga qiziqish bildirmoqda. "Give me Sport" nashri xabariga ko‘ra, u yozgi transfer oynasida ingliz grandi safiga o‘tishi mumkin.

Tecno

Avvalroq, OAVda “Chelsi” futbolchini qaytarishi mumkinligi, ammo klub rahbariyati futbolchi uchun taxminan 80 million evro to‘lashi kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi. Eslatib o‘tamiz, hujumchining o‘zi ham APLga qaytishga qarshi emas.

25 yoshli Abraxam joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!