Abror Ismoilov legionerga aylanadi

  • 14.12.2022 14:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida transfer borasida fikr bildirdi:

“Abror Ismoilov avval aytganimizdek, legionerga aylanishga juda yaqin turibdi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi Rossiya federatsiyasiga uchib ketgan. Yaqin orada futbolchi yangi jamoasi bilan muzokaralarning final qismida ishtirok etadi.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.”

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda transfer oynasi rasman 10 dekabrda ochilgan. Klublar 15 fevralga qadarar 10 ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!