ADCC ligasining besh karra chempioni: "Xabib Nurmagomedov va Xamzat Chimaevning kurashi kuchli emas"
Grappling bo‘yicha turnirlar o‘tkazuvchi ADCC ligasining besh karra chempioni, davrimizning eng kuchli jiu-jitsu ustalaridan biri Gordon Ryan MMA jangchilari – Xabib Nurmagomedov va Xamzat Chimaevning klassik grapplingdagi imkoniyatlarini baholadi.
"Xabib va Chimaev kuchli kurashchilar emas. Agar ular ADCC da ishtirok etganida, osongina mag‘lub bo‘lishardi. Lekin MMA da eng yaxshi kurashchi yoki jitser bo‘lishingiz ham shart emas", – dedi Ryan "Overdogs" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda UFC da rossiyalik sportchilar ishtirok etmasligi haqida mish-mishlar keng tarqalmoqda. Biroq hozircha hech qanday rasmiy xabar yo‘q.

Fikrlar