Adriano yana katta futbolga qaytishni rejalashtirmoqda

  • 12 oktabr, 2017, 13:15
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Milanning “Inter” klubi hamda Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Adriano yana katta futbolga qaytishni rejalashtirmoqda.

“Men yanvardan boshlab yakka tartibda mashg‘ulotlarga kirishaman. Faoliyatimni shunchaki yakunlashni istamayman. Men yana yuqori darajada futbol ko‘rsata olaman. Tushunaman, men endi qat’iyroq bo‘lishim kerak. Men yana o‘zimning avvalgi darajamga erishishim mumkinligini isbotlashga harakat qilaman”, - deydi 35 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Adrianoning so‘nggi jamoasi “Mayami” klubi bo‘lgan edi. U 2016 yilda ushbu jamoadan ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!