AFP 2 turnirining sanasi ma’lum yoxud Nursulton Ro‘ziboev yana professional boksda!

  • 22 aprel, 2022, 21:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda professional boksga ixtisolashgan AFP (Akhmat Fight Promotion) promouterlik kompaniyasi tashkil qilingan va ilk turnirini ham o‘tkazib ulgurgandi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "AFP 2" turnirining ham sanasi aniq bo‘lgan. Ushbu jang oqshomi Toshkent shahrida 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur boks oqshomiga "Universal" sport majmuasi mezbonlik qiladi. 

Qiziqarli jihati, dastlabki turnirda professional boksda o‘z debyutini nishonlagan taniqli MMA vakili Nursulton Ro‘ziboev ikkinchi jangini ham o‘tkazadi.  Shuningdek,  uning ukasi, yana bir mahoratli MMA jangchisi Mashrabjon Ro‘ziboev ham professional boksda o‘z yurishini boshlaydi.  

Ushbu promouterlik kompaniyasining mutasaddisi Feruzbek Yuldashevning ta’kidlashicha, hozircha fayt-kard ma’lum emas. Biroq, muzokaralarga kirishilgan va raqiblar xorijdan taklif etilishi borasida ham aytib o‘tdi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!