
Agamurodov ikkinchi g‘alabaga tayyorlanmoqda
“Qizilqum” futbolchilar Coca-Cola Superliga o‘yinlariga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.
Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi jamoa bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bu galgi raqib Pro Liga vakili – G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi bo‘ladi.
Navoiy shahrida yig‘in o‘tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib bormoqda. Agamurodov shogirdlari kuni kecha Muborakning “Man’al” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bugun “Sho‘rtan”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin 19:30 da Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasi stadionida tashkil etiladi. Karantin tufayli o‘yinga muxlislar qo‘yilmaydi.
Fikrlar