Agar shu ish amalga oshsa, “Barsa” va “Real”ga bir milliard evrodan pul beriladi

  • 18 dekabr, 2023, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi Evropa Superligasini tashkil etishga urinayotgan A22 Sports Management kompaniyasi rahbariyati agar “Barselona” va “Real” bu musobaqa qo‘shilishsa, ularga bir milliard evrodan mablag‘ berilishini ta’kidladi.

Tecno

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi Superliganing umumiy byudjeti 15 milliard evroni tashkil qiladi va liga xo‘jayinlari ispan grandlariga katta miqdorda pul to‘lashga tayyor.

Chunki Kataloniya va Madrid klublari yangi Superligani tashkil etish g‘oyasi tug‘ilganidan beri uni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Mutaxassislar agar “Barselona” bir milliard evroni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, bir necha yildan beri davom etib kelayotgan moliyaviy muammolarning barchasini bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlayapti.

FIFA va UEFA tashkilotlari Evropa Superligasini tashkil etilishiga qarshi chiqmoqda. Yangi turnir tashkilotchilari har ikki xalqaro federatsiyani sudga bergan. 21 dekabr kuni Evropa Ittifoqi sudi bu masalani ko‘rib chiqadi. Ushbu sud qarori Evropa Superligasining kelajagini hal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!