AGMK 24 nafar futbolchi bilan Turkiyadagi yig‘inini boshladi

  • 05.02.2022 20:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda BAAda shug‘ullanib qaytgan AGMK klubi bugun ertalab charter reys orqali navbatdagi xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Toshkentdan Antaliya shahriga uchib keldi.

Ikki hafta (5 - 20 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida bir qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Klub matbuot xizmaning xabariga ko‘ra, uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

AGMK Antaliyadagi «Royal Seginus» mehmonxonasida istiqomat qiladi.

Antaliyadagi yig‘inga AGMK jamoasi to‘liq tarkibda yo‘l oldi. O‘tgan yig‘inda qatnasha olmagan Valijon Rahimov va Abdulla Abdullaev milliy jamoadan AGMK ixtiyoriga qaytib, mazkur yig‘inga klub bilan birgalikda yo‘l oldi. Shuningdek, o‘tgan yig‘inga jalb etilgan Jalolov va Sobirov o‘rniga yosh futbolchilar Murot Ermatov va Sardor Abdunabiev jalb etildi.

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Turkiya yig‘iniga quyidagi futbolchilarni jalb qildi:

Darvozabonlar: Valijon Rahimov, Botirali Ergashev, Jamoliddin Hikmatov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Iskandar Bo‘sinov, Akrom Komilov, Murat Ermatov.

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Abdulla Abdullaev, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov, Nodir Abdurazzoqov, Ixtiyor Xolmo‘minov, Sardor Abdunabiev, Shohruh Gadoev, Xurshid G‘iyosov, Alisher Jalilov.

Hujumchilar: Zafar Polvonov, Aleksandr Kasyan, Martin Boake.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!