
AGMK 35 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
Olmaliqlik muxlislar yoqimtoyi, jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hujumchilardan biri, AGMK safida barcha - 5 musobaqada (Superliga, O‘zbekiston kubogi, Liga Kubogi, OChL, Superkubok) gol urgan yagona futbolchi - Zafar Polvonov yangi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tajribali goleador hujumchi Zafar Polvonov klub bilan o‘rtadagi bitimni 2021 yil yakuniga qadar uzaytirdi. 35 yoshli futbolchi AGMKda sakkizinchi mavsumni o‘tkazishga tayyor.
Zafar Polvonov AGMK safida 164 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 56 marotaba gol urgan.
Tajribali hujumchi butun faoliyati davomida 353 uchrashuvda ishtirok etgan va 106 bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar