AGMK klubi maydoni kelasi mavsum to‘liq yangilanadi

  • 26 noyabr, 2021, 16:26
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubi rahbariyati OKMK sport majmuasining maydonini yangilash bo‘yicha tegishli mutaxassislar bilan ish olib bormoqda.

Tecno

AGMK — "Nasaf" uchrashuvini teleekran orqali tomosha qilgan ko‘plab tomoshabinlarda OKMK sport majmuasi maydoni holati yoqmagani, xususan chim sarg‘ayib qolgani ko‘plab e’tirozlarni uyg‘otdi.

Klub rahbariyati futbolga ixtisoslashgan saytlardagi muxlislar fikrini o‘qib, maydon holati haqidagi turli munosabatlarni to‘g‘ri qabul qildi. Rahbariyat asl holatni esa muxlislarga tushuntirishni lozim topdi.

Birinchidan, bugunoq kelasi mavsum uchun OKMK sport majmuasi maydonini to‘liq yangilash borasida tegishli mutaxassislarni Olmaliqqa jalb qilib, muzokaralar o‘tkazildi.

photo_2021-11-26_15-15-21

OKMK sport majmuasining hozirgi maydoni 2013 yilda yotqizilgan va hozirgacha O‘zbekistondagi yagona gibrid maydon hisoblanadi. Bugunga kunga qadar ushbu maydon O‘zbekistondagi eng yaxshi maydonlardan biri bo‘lgan va jamoaga 9 mavsum optimal holatda xizmat qildi. AGMK jamoasi maydoni mavsum startidan toki kuzgi mavsumga qadar doim optimal holatda bo‘lgan. Ya’ni, martdan sentyabrga qadar optimal sharoitdagi maydon chimi yam-yashil holatda bo‘lgan. Biroq oxirgi mavsumda kuzgi faslga kelib Olmaliqdagi iqlim ta’sirida maydon chimi ajriq aralash sarg‘ayib qolgan. Bu jihat esa albatta yangi mavsumda to‘liq to‘g‘rilanishi ko‘zda tutilgan. Lekin shuni aytish kerakki, garchi maydon chimi ranggi sarg‘ayib qolgan bo‘lsada, bu jihat maydon sifatiga putur etkazmagan. Shu paytga qadar hech bir jamoa vakillari yoki murabbiylar Olmaliqdagi maydon bo‘yicha e’tiroz yoki shikoyat qilmagani ham bunga tasdiq bo‘lib turibdi.

Kelasi mavsumdan e’tiboran maydon chimi butkul yangilanib, OKMK sport majmuasida yurtimizdagi yagona bo‘lgan yana yangi gibrid maydon yotqiziladi.

photo_2021-11-26_15-15-23

OKMK sport majmuasi maydonining may oyidagi holati

photo_2021-11-26_15-17-44

OKMK sport majmuasi maydonining avgust oyidagi holati

photo_2021-11-26_15-17-43

OKMK sport majmuasi maydonining sentyabr oyidagi holati

AGMK klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!