
AGMK yana bir legioner transferini e’lon qildi
AGMK jamoasi qishki transfer oynasidagi navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi.
Bu gal olmaliqliklar eronlik futbolchi, o‘tgan mavsumlarda Ukraina chempionatida faoliyat yuritgan hamda 2 hafta mobaynida "konchilar" ko‘rigida bo‘lgan yarim himoyachi Siyavash Xagnozari bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi erkin agent maqomida AGMK futbolchisiga aylandi.
26 yoshli futbolchi 2017 yildan e’tiboran Ukrainaning “Volin” jamoasi tarkibida harakat qilib, jami 91 o‘yinda maydonga tushgan va 16ta gol muallifiga aylangan hamda 10ta golga assistentlik qilgan.
Siyavash Xagnozari 1995 yil, 3 avgust kuni tavallud topgan. Xagnozari Eron o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari safida to‘p tepgan.
Fikrlar