
AGMK Yaya Ture to‘p tepadigan jamoaga qarshi o‘ynaydi
Mazkur jamoa 2013 yilda asos solingan Xitoyning yosh, maqsadli jamoalaridan biri sanaladi. "Tsindao Huanxay" o‘tgan yil Xitoy Birinchi ligasida g‘olib chiqib, joriy mavsumdan e’tiboran Xitoy Superligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Jamoa safida ispaniyalik taniqli futbolchi Joan Verdu, Kot-dIvuar terma jamoasi hamda "Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq a’zosi - Yaya Ture harakat qiladi. Jamoani ispaniyalik Xuan Manuel Lillo boshqarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AGMK bunga qadar Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismida "Oq-tepa" (3:0) hamda "Surxon"ga (3:1) va Dubayda Turkmaniston milliy terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinlarini o‘tkazib, har uchala bahsda g‘alaba qozongandi. O‘yin 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar