AGMK — «Andijon»: Prevyu

  • 23 noyabr, 2020, 17:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliganing 24-turida AGMK o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Mazkur qarama-qarshilik tarixida hozirga qadar 19 uchrashuv o‘tkazilgan.

Tecno

AGMK "Andijon"ga qarshi o‘yinlarda 11 marotaba zafar quchgan. "Andijon" esa olmaliqliklar ustidan 4 bor g‘alaba nashidasini surishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur g‘alabalarga "Andijon" jamoasi 2008, 2009, 2010 va 2011 yillardagi o‘z uyida kechgan bellashuvlarda erishgan. Ya’ni, AGMK Olmaliqda "Andijon"ga hech bo‘yin egmagan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi qolgan 4 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. Mazkur murosa yo‘liga kelingan 3 bellashuvdan ikkitasi (2014, 2016) Olmaliqdagi bahsda sodir bo‘lgan. Andijonda esa jamoalar bir marotaba, ya’ni 2014 yilgi mavsumda durang qayd etishgan. Qizig‘i, 2014 yilgi mavsumdagi har ikkala bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmagan.

Shu tariqa mazkur qarama-qarshilikdagi sezilarli ustunlik AGMK tarafida. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ko‘rsatkich tabiiyki AGMK foydasiga xizmat qilmoqda: 35-23.

AGMK - "Andijon" uchrashuvi qiziqarli kechishiga bir qancha omillar mavjud. Birinchi navbatda har ikkala jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. AGMK ikkinchi o‘rinni egallash uchun kurashini davom ettirishi va “Andijon” esa Superligada o‘z o‘rnini saqlab qolishga harakat qilishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, AGMK — "Andijon" uchrashuvi 24 noyabr kuni Olmaliqdagi OKMK stadionida soat 16:00da boshlanadi.

"Andijon"ga qarshi bahs Rahimbek Karimov zimmasiga topshirildi. Mazkur hakam boshchiligidagi guruh joriy mavsumdan Superligada hakamlik qilmoqda. U ikkinchi bor AGMK ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi. Bunga qadar, bu referi 20-tur doirasidagi "Nasaf"ga qarshi bahsda ham bosh hakam bo‘lgandi.

Superliga, 24-tur.

24 noyabr, seshanba.

AGMK — «Andijon» (16:00)

Olmaliq, «OKMK» stadioni.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jalg‘asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Shuxrat Rajabov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!