
Agneshka Radvanska hech kimni ayab o‘tirmayapti
Avstraliyaning Sidney shahrida Xotin-qizlar uyushmasi WTA tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda polshalik Agneshka Radvanska chorak finalga chiqdi.
«WTA Sydney International – 2018» turnirining ikkinchi davrasida Agneshka amerikalik Ketrin Bellis bilan bahslashdi. Mazkur uchrashuvning birinchi seti tay-brekda yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi setda polshalik tennischi raqibiga birorta ham geymni boy bergani yo‘q.
Agneshka Radvanska musobaqaning chorak finalida chexiyalik Petra Kvitova, yoki italiyalik Kamila Jorjiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar